«IST TELEKOM» MChJ QKning Yagona ommaviy ofertasiga 1-Ilova

ma’lumotlarni yuborish xizmatlarini taqdim qilish uchun OMMAVIY OFERTA (TAKLIF)

Matnda keyingi o‘rinlarda Operator deb yuritiluvchi, Ustav va 2020 yil 31 martda berilgan AA №0008087-sonli Lisenziya asosida ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanuvchi «IST TELEKOM» MChJ QK ushbu hujjat orqali mazkur ofertani jismoniy shaxslar (qabul qiluvchi – akseptlar) ga quyidagi shartlarda taqdim qiladi.

Ushbu Ommaviy oferta Operatorning Internet tarmog‘idagi : www.etc.uz va www.etc-jet uzmanzillarida joylashgan rasmiy vebsaytlarida joylashtirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi va mazkur vebsaytlarda uni bekor qilish to‘g‘risidagi rasmiy xabar joylashtirilgunga qadar amal qiladi.

Operator ushbu Ommaviy oferta bilan belgilangan tartibda Ommaviy oferta shartlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Operator mazkur Shartnomani tuzayotganda Abonent shaxsiy komp'yuterda ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘nikmalarga, shuningdek, Internet tarmog‘ida ishlash ko‘nikmalariga ega degan farazga tayanadi.

1.2. Ushbu Ommaviy ofertada quyidagi atamalar qo‘llaniladi:

2. SHARTNOMA MAVZUSI

2.1. Operator Abonentga ma'lumotlarni uzatish tarmog‘i xizmatlari, shu jumladan Internet tarmog‘iga kirish xizmatini ta'minlaydi, Abonent esa ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq, xizmatlardan foydalanadi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida va to‘liq hajmda, Xizmatning rasmiy vebsaytida ko‘rsatilgan tariflar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

2.2. Shartnoma doirasida, zarurat bo‘lgan taqdirda, Operator Abonentga uning so‘roviga binoan, Ommaviy oferta va unga ilovalarda ko‘rsatilgan, Xizmatning rasmiy vebsaytida sanab o‘tilgan va unda e'lon qilingan tariflarga muvofiq tariflanadigan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish huquqiga ega.

2.3. Ushbu Shartnoma bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish muddati davomida Operator, Abonentning o‘zida zarur shaxsiy uskunasi bo‘lmagan taqdirda, Operator Xizmatga ulanish uchun ishchi holatda bo‘lgan telekommunikasiya uskunasini Abonentga vaqtinchalik foydalanish uchun topshirish va/yoki sotish ehtimolini ko‘rib chiqishi mumkin. Vaqtinchalik foydalanishga topshirilgan taqdirda, Shartnoma bekor qilingan paytda, Operatordan uskunani olgan Abonent Shartnoma bekor qilingan paytdan boshlab, olingan uskunani Operatorga, tabiiy eskirishni hisobga olgan holda, qaysi holatda qabul qilgan bo‘lsa, shunday holatda qaytarishi shart.

2.4. Abonentning o‘zida FTTB, GPON va ADSL texnologiyalari bo‘yicha «Operator»ning Xizmatlaridan to‘liq foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan shaxsiy telekommunikasiya uskunasi bo‘lgan taqdirda, 2.3-band o‘z kuchini yo‘qotadi.

2.5. Abonent tomonidan «Abonent roziligi»ni imzolash fakti (1-Ilova) Abonent tomonidan Shartnoma shartlari va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan, unga barcha Ilovalarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilishi deb sanaladi (O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 370-moddasi).

3. XIZMATLARNI KO‘RSATISH SHARTLARI

3.1. Abonentni Xizmatga ulash muddati ushbu Shartnomaning 4.3. va 4.4. bandlari shartlariga muvofiq, ulanish uchun to‘lov va birinchi oy uchun abonentlik to‘lovi amalga oshirilgan paytdan boshlab, 5 (besh) ish kunidan oshmasligi lozim.

3.2. Abonent Xizmatni ulash bo‘yicha texnik ishlar tugagan paytdan boshlab, 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay tarmoqda avtorizasiya qilishi kerak. Abonentni avtorizasiya qilish tarmoqqa ulanish paytida Abonentning shaxsiy Autentifikasiya ma'lumotlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.

3.3. Abonentning xizmatga ulanishi (xizmat ko‘rsatishning boshlanishi) payti deb Abonentning birinchi muvaffaqiyatli Avtorizasiyasi vaqti hisoblanadi.

3.4. Abonentning Xizmatlardan foydalanishni haqiqatda boshlagan sanasi Operatorning tarmog‘ida o‘rnatilgan ulanishlarni yoki xarajatlarni hisobga olish uskunasi (billing) ning dasturiy nazorati ma'lumotlari asosida, Operator tomonidan belgilanadi. Abonentga Xizmatlarni taqdim etish fakti Operatorning xarajatlarni hisobga olish (billing) uskunasining ma'lumotlari bilan tasdiqlanadi.

3.5. Abonentning identifikasiyasi hamda Xizmatlar va Shaxsiy kabinetga kirishi Abonentning shaxsiy autentifikasiya ma'lumotlari yordamida amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida bitta login bilan faqat bitta ulanish o‘rnatilishi mumkin.

3.6. Abonentning shaxsiy Autentifikasiya ma'lumotlari Abonentga Operatorning ofisida beriladi. Abonentga tayinlangan Login o‘zgartirilmaydi. Abonent shaxsiy kabinetda birinchi marta muvaffaqiyatli avtorizasiya qilingan paytdan boshlab, 24 soat ichida boshlang‘ich parol (password) ni o‘zgartirish majburiyatini oladi.

3.7. O‘z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan, Operatorning xodimlariga Abonent to‘g‘risida ma'lum bo‘lgan ma'lumotlar shaxsiy ma'lumotlar sanalib, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinishi lozim. Abonent to‘g‘risidagi ma'lumotlarga quyidagilar kiradi: Abonent – jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; Abonentning manzili yoki Abonentlik uskunasi o‘rnatiladigan manzil, taxallus, aloqa uchun telefon raqamlari, abonentlik qurilmasining MAC-manzili hamda Abonent va uning Abonentlik uskunasini shubhasiz identifikasiyalash imkonini beruvchi boshqa ma'lumotlar. Telekommunikasiya tarmoqlari orqali uzatiladigan axborot oqimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar faqatgina ularni jo‘natuvchi shaxslar (Operatorning Abonentlari), ularning qonuniy vakillariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda berilishi mumkin.

3.8. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash – Abonentning shaxsiy ma'lumotlarini to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlashtirish va yo‘q qilish bo‘yicha Operatorning bir yoki qator xatti-harakatlarining amalga oshirilishi. Ushbu Shartnomani tuzish orqali Abonent Operator tomonidan o‘zining shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanishiga roziligini bildiradi. Abonentning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi № O‘RQ-547-sonli “Shaxsiy ma'lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshiriladi.

4. XIZMATLAR NARXI VA TO‘LOVNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI

4.1. Xizmatlar oldindan to‘lov kiritish (matnda keyingi o‘rinlarda – “Oldindan to‘lov”) shartlari asosida taqdim etiladi. Xizmatlardan foydalanishni boshlagan paytdan boshlab, Operator Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisob-kitobini yuritadi. Shaxsiy hisobvaraqdagi mablag‘lar Abonent tomonidan faqatgina Operatorning Xizmatlarini to‘lash uchun ishlatilishi mumkin.

4.2. Xizmatlar narxi va tarifikasiyalash qoidalari ushbu Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan Operator tomonidan belgilangan tariflarga (matnda keyingi o‘rinlarda – “Tariflar”) muvofiq belgilanadi. Tariflar Xizmatning rasmiy vebsaytida joylashtiriladi.

4.3. Dastlabki to‘lov Xizmatga ulanish uchun to‘lov va amaldagi tariflarga muvofiq tanlangan xizmatlardan foydalanganlik uchun oylik Abonent to‘lovini o‘z ichiga oladi hamda Abonentning shaxsiy hisobvarag‘iga pul mablag‘larini ko‘chirish yo‘li bilan to‘liq hajmda to‘lanadi.

4.4. Birinchi oy uchun abonentlik to‘lovi Xizmatdan foydalangan kundan boshlab oy oxirigacha qolgan kalendar kunlarning haqiqiy sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.